» » Irlandiyada bundan 30 yil oldin yo‘q bo‘lib ketgan plyaj yana qaytdi

Irlandiyada bundan 30 yil oldin yo‘q bo‘lib ketgan plyaj yana qaytdi


Irlandiyadagi Meyo grafligida joylashgan Akill orolining Duax qishlog‘ida 1984-yilda po‘rtana yuvib ketgan plyaj o‘rnida yangi plyaj paydo bo‘ldi. Kuchli to‘lqin toshlar ustiga tonnalab qum to‘kib tashladi. Natijada orolda 300 metrli qirg‘oq bo‘yi maydoni paydo bo‘lgan, deb xabar berdi The Guardian.

Mahalliy restoranlardan birining xo‘jayini Alan Gilti dam olish uchun paydo bo‘lgan yangi joy, orolga turistlar oqimining kelishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga umid qilmoqda.

Akill oroli Irlandiya g‘arbida joylashgan. Turistlar orolga qirg‘oq bo‘yida hordiq chiqarish uchun kelishadi. Bu yerda “Havorang bayroq” mukofotiga loyiq ko‘rilgan beshta plyaj joylashgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (10-05-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют