» » FIFA Pol Pogbaning “Yuventus”dan “Manchester Yunayted”ga o‘tishi borasida tekshiruv boshladi

FIFA Pol Pogbaning “Yuventus”dan “Manchester Yunayted”ga o‘tishi borasida tekshiruv boshladi


Pol Pogbaning 2016-yilgi mavsumdagi transferi yuzasidan Xalqaro futbol uyushmasi FIFA tekshiruv boshladi, deb xabar berdi “Chempionat”.

Futbolchining “Yuventus” safidan “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tishi 105 million yevroni tashkil qilgan bo‘lib, bu futbol tarixidagi eng qimmat transferga aylangandi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur transfer boshida turgan futbol agenti Mino Rayola 49 million yevro ishlab olgan bo‘lishi mumkin. Bu esa FIFA e’tiborini o‘ziga tortgan.

Aniqlik kiritilishicha, “Manchester Yunayted” Pogbaning transferi borasidagi hujjatlarni FIFAga taqdim etgan. Bunda gap “Yuventus” hamda Rayola futbolchining transferidan o‘zaro kelishib, pul ishlab olgan bo‘lishi mumkinligi oydinlashishi mumkin.

“Yunayted” Pogbaga haftasiga 197 million yevro to‘laydi va har yili bonus sifatida 4 million yevro berib turadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (10-05-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют