» » Xitoy rasmiylari THAAD joylashtirilishi masalasida Seul bilan muzokaralarga tayyorligini bildirdi

Xitoy rasmiylari THAAD joylashtirilishi masalasida Seul bilan muzokaralarga tayyorligini bildirdi


Xitoy rasmiylari Koreya yarimorolida AQShning THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimlari joylashtirilishi masalasida Seul bilan muzokaralarga tayyor, biroq Pekinning bu boradagi yondashuvi o‘zgarishsiz qoladi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Gen Shuan ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.

“Bizning THAAD joylashtirilishi masalasidagi nuqtai nazarimiz o‘zgarishsiz qoladi. Janubiy Koreya Xitoy tomonidan bildirilayotgan xavotirga e’tibor qaratadi va biz bu muammoning ijobiy yechimini topamiz, degan umiddamiz”, — deya ta’kidladi Gen Shuan.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In THAAD joylashtirilishi masalasini Xitoy bilan yaqin hamkorlikda hal qilishga va’da berdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-05-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют