» » Sochlaringiz sog‘lom bo‘lishini istasangiz, ularni quyoshdan himoya qiling

Sochlaringiz sog‘lom bo‘lishini istasangiz, ularni quyoshdan himoya qiling


Quyosh nurlari kayfiyatingizga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, sochlaringizga emas. Agar sochlaringizni maxsus vositalar yordamida himoyalamasdan uzoq vaqt quyoshda yursangiz ular zarar ko‘rishi mumkin. Yozni qanday qilib quyoshli joylarda sochlarga zarar yetkazmasdan o‘tkazish haqida maslahatlar bermoqchimiz.

Sochlaringizni, shuningdek bosh terisini ham himoya qilish uchun siz shapka, ro‘mol yoki beysbolkalardan foydalanishingiz mumkin. Agar sochlaringiz haddan tashqari nozik bo‘lsa yoki yozgi ta’tilni issiq mamlakatlarda o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, quyoshdan himoyalovchi vositalardan foydalanishga beparvo bo‘lmang. Ayniqsa, siz quyoshda qorayishga va dengizda cho‘milishga o‘ch bo‘lsangiz.

Sochlar uchun vositalar shaxsan tanlanishi shart va ularni tanlashda siz sochlarning holatini hisobga olishingiz kerak. Agar sochlaringiz ingichka bo‘lsa, yengil teksturali quyoshdan himoyalovchi purkagichlarni tanlaganingiz yaxshi.

Qalin sochlarga esa ultrabinafsha nurlaridan himoya qiluvchi kremlardan foydalanishingiz mumkin. Bunday kremlarning afzalligi – ularning oziqlantiruvchi xususiyatlari. Shuning uchun ulardan tez-tez foydalanish ham mumkin emas.

Bizning maslahatimiz: Agar sizning sochlaringiz har doim quyoshdan tashqari dengiz va qumlar bilan ham uzviy aloqada bo‘lsa, ularning sog‘lig‘iga jiddiy e’tibor qaratishingiz zarur. Qumloqda o‘tkazilgan kunning oxirida sochlaringizni yaxshilab shampun va ularni parvarishlashda ishlatiladigan oziqlantiruvchi vositalar yordamida yuving.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-05-2017, 21:58)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют