» » Tramp va Lavrov o‘zaro birinchi uchrashuv yakunlari haqida gapirib berdi

Tramp va Lavrov o‘zaro birinchi uchrashuv yakunlari haqida gapirib berdi


Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh prezidenti Donald Tramp bilan o‘tkazilgan birinchi uchrashuv yakunlari bo‘yicha bergan matbuot anjumanida tadbirda xalqaro muammolarni birgalikda hal qilish borasida kelishuvga erishilganini aytib o‘tdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Uning matbuot anjumani Rossiyaning AQShdagi elchixonasida bo‘lib o‘tdi.

O‘z navbatida, Tramp Oq Uyda tashkil qilingan matbuot anjumanida Lavrovdan so‘ng Davlat departamentining sobiq rahbari Genri Kissinjer bilan uchrashganini aytib o‘tdi. Tramp Rossiya vakili bilan uchrashuvini “juda va juda yaxshi” deb baholadi.

Shuningdek, Tramp Kissinjer bilan Rossiyani, Turkiyani va boshqa masalalarni muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi.

“Lavrov bilan juda va juda yaxshi uchrashuv bo‘ldi. Suriyadagi dahshatli qotilliklar imkon qadar to‘xtatilishini istaymiz va barchamiz shu maqsad yo‘lida ishlamoqdamiz”, — xulosa qildi AQSh rahbari.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-05-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют