» » Janubiy Koreya va AQSh prezidentlari KXDR muammosi bo‘yicha hamkorlik borasida kelishuvga erishdi

Janubiy Koreya va AQSh prezidentlari KXDR muammosi bo‘yicha hamkorlik borasida kelishuvga erishdi


Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Mun Je In va AQSh rahbari Donald Tramp KXDR yadroviy muammosi bo‘yicha hamkorlik yuzasidan kelishuvga erishdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

Telefon muloqoti davomida ikki davlat rahbari Seul va Vashington o‘rtasida mustahkam aloqalar o‘rnatilganini yana bir bor tasdiqladi.

Yonhap agentligiga ko‘ra, Mun Je In va Donald Trampning suhbati 30 daqiqa davom etgan. Janubiy Koreyaning yangi rahbari tez orada AQShga safar qilishiga umid bildirgan. Shuningdek, u Koreya yarim orolidagi beqaror vaziyat tufayli Janubiy Koreya va AQSh o‘rtasidagi alyans har doimgidan muhimligini ta’kidlagan.

O‘z navbatida, Tramp koreyalik hamkasbi bilan oliy darajada uchrashuv o‘tkazishga tayyorligini bildirgan.

Mun Je Inning inauguratsiyasi 10-may kuni bo‘lib o‘tdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-05-2017, 00:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют