» » Farg‘ona viloyatida tez tibbiy yordam bo‘limlariga Damas avtomobillari topshirildi

Farg‘ona viloyatida tez tibbiy yordam bo‘limlariga Damas avtomobillari topshirildi


Farg‘ona viloyati tuman va shahar tez tibbiy yordam bo‘limlariga Damas rusumli 20 ta zamonaviy tez tibbiy yordam avtomobili topshirildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Chekka hududlardagi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, bosqichma-bosqich zamonaviy tez tibbiy yordam avtomobillari bilan ta’minlanmoqda.

Inson salomatligini asrash, ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yuksaltirish muhim vazifalardandir. Albatta, bunda moddiy-texnik bazaning mustahkamligi alohida ahamiyatga ega. Mazkur tez tibbiy yordam avtomobillari aholining sifatli tibbiy xizmatga bo‘lgan talabini qondirish, tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirishda muhim o‘rin tutadi.

Odiljon Umarov, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i

Farg‘ona tumanidagi Chimyon tez tibbiy yordam bo‘limi “Mindon” shoxobchasi ham ana shunday zamonaviy avtomobilga ega bo‘ldi. Shu kuni viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillari mazkur qishloqda yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Abdukarim ota Abdurahimov xonadonida bo‘lib, uning holidan xabar oldi va nogironlik aravachasini topshirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-05-2017, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют