» » Fotogalereya: Hayratlanarli darajadagi qimmat durdona avtomobillar

Fotogalereya: Hayratlanarli darajadagi qimmat durdona avtomobillar


Auksionlarda sotilgan avtomobillarning narxi hayratlanarli darajaga ko‘tarilishi mumkin. “Motor” nashri ana shunday avtomobillar jamlanmasini taqdim etdi.

Bu dastlabki poygachi Ferrari’lardan biri bo‘lib, 1965-yilda bo‘lib o‘tgan 24 soatli poygalarda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan. Suratdagi avtomobil 2015-yilda 17,6 million dollarga sotilgan.

Spider Competizione Ferrari tomonidan ishlab chiqarilgan eng kamyob avtomobillardan bo‘lib, hammasi bo‘lib, to‘qqiz nusxada yaratilgan. Suratdagi avtomobil ko‘plab klassik poygalarda ishtirok etgan, bir qancha ko‘rgazmalarning mukofotlarini qo‘lga kiritgan. Avtomobilning narxi 18,15 million dollarni tashkil qiladi.

Mashina Mille Miglia poygasi uchun yaratilgan, biroq u 1954-yilgi musobaqada marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelgan. Avtomobilning hozirgi egasi u uchun 18,4 million dollar to‘lagan.

Avtomobil Fransiyada umuman yurmagan holatda topilgan. Uning egasi Robert Beyllon mashinani o‘z muzeyiga eksponat sifatida joylashtirgan. Uning o‘limidan so‘ng muzeydagi avtomobillarning katta qismi auksionda sotilgan. California 2015-yilda 18,5 million dollarga sotilgan.

12 ta nusxada yaratilgan Alfa Romeo’dan bugungi kungacha bir dona yetib kelgan. Avtomobilga egalik qilish uchun kamida 19,8 million dollar talab qilinadi.

D-Type 1955 va 1957-yilda 24 soatli poygalarda g‘alaba qilgan. Suratdagi avtomobil 1956-yilda shotlandiya poygasida muvaffaqiyatga erishgan. Keyinchalik u avtomobil kolleksiyasiga tushgan va vaqti-vaqti bilan qisqa masofali poygalarda ishtirok etib, g‘alaba qozongan. Hozir u 21,78 million dollar turadi.

Avtomobil avtosport uchun yaratilgan bo‘lsa ham, biror marta musobaqada ishtirok etmagan. Aynan shuning uchun ekspertlar avtomobil nima uchun bunchalik qimmat turishini tushunmaydi. Mashina auksionda 26,4 million dollarga sotilgan.

Qizil 275 GTB/4 S 1950—1960-yillarda AQSh hududida bo‘lib o‘tgan poygalar uchun yaratilgan. Hozirgi kunda avtomobil 27,5 million dollar turadi.

Avtomobil 1956-yilda Mille Miglia poygasida va boshqa bir nechta musobaqalarda g‘alaba qozongan. Dunyoda atigi to‘rtta nusxasi bo‘lgan avtomobilning ushbu nusxa 28,05 million dollar turadi.

1954-yilda Germaniya va Shveysariya Gran-prisida Xuan Manuel Fanxio boshqaruvida g‘alabaga erishgan 2013-yilda 29,6 million dollarga sotilgan.

Qizil Ferrari 355 Sport Scaglietti 1957-yilda 12 soatli poygada ishtirok etgan. Mashina Mille Miglia poygasida ham ishtirok etgan. Avtomobil 35,7 million dollarga baholangan.

Ferrari 250 GTO o‘zi ishtirok etgan musobaqalarning deyarli barchasida eng yaxshi bo‘lgan. 39 nusxada yaratilgan avtomobilning bugungi kungacha yetib kelganlari bir necha million dollar turadi. Suratdagi avtomobil auksionda eng qimmat baholangan nusxa bo‘lib, 38,115 million dollarga sotilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-05-2017, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 54) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют