» » Paxtakor tumani tibbiyot muassasalari 11 turdagi oddiy tibbiy jihozlar bilan ta’minlanmagani ma’lum bo‘ldi

Paxtakor tumani tibbiyot muassasalari 11 turdagi oddiy tibbiy jihozlar bilan ta’minlanmagani ma’lum bo‘ldi


Parlament vakillari tomonidan Jizzax viloyati Paxtakor tumanida olib borilgan 10 kunlik o‘rganishlar davomida sog‘liqni saqlash sohasidagi kamchiliklarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Xususan, tumandagi beshta qishloq vrachlik punkti tugatilib, ularning negizida ikkita qishloq vrachlik punkti va bitta oilaviy poliklinika tashkil etildi.

Deputatlar va senatorlar sessiyasida tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida qishloq vrachlik punktlari ishini tubdan qayta ko‘rib chiqish, ularni malakali tibbiy xodimlar va zarur dori-darmonlar bilan ta’minlashdagi kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi.

Tumandagi tibbiyot muassasalari EKG apparati, nafas oldirish qopchasi, umurtqa pog‘onasini ushlab turuvchi shit va shu kabi 11 turdagi oddiy tibbiy jihozlar bilan ta’minlanmagani, avtotransport vositalari yetarli emasligi tanqid qilindi. Tuman markaziy shifoxonasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi binosi, bir qishloq oilaviy poliklinikasi va ikki qishloq vrachlik punkti mukammal ta’mirga muhtojligi aniqlandi.

Shuningdek, tuman tibbiyot muassasalarida 33 shifokor yetishmasligi ma’lum qilindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-05-2017, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют