» » Telegram messenjeri Windows, macOS va Linux uchun qo‘ng‘iroqlarning alfa-versiyasini ishga tushirdi

Telegram messenjeri Windows, macOS va Linux uchun qo‘ng‘iroqlarning alfa-versiyasini ishga tushirdi


Messenjer uchun ishga tushgan ushbu dastlabki versiyada foydalanuvchilar qo‘ng‘iroq qilish, shuningdek, maxfiy sozlamalardan foydalanish imkoniyatida ega bo‘ladilar. Telegram Desktop orqali qo‘ng‘iroq qilinganida mobil versiyadagi kabi emodzi yordamida shifrlashni tekshirish imkoniyati mavjud, deb xabar berdi TJournal.

Messenjerni ishlab chiqqanlar dasturning alfa-versiyasi beqaror ishlashi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Dasturning qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish mumkin bo‘lgan barqaror versiyasi qachon ishga tushishi sanasi aytilmadi.

Avvalroq, Telegram asoschisi Pavel Durov dasturning ushbu vazifasi 2017-yilning aprelida ishga tushishi kerakligini aytgan, biroq keyinroq bu may oyiga ko‘chirilgan edi.

2017-yil 30-mart kuni Telegram mobil dastur uchun rasmiy ovozli qo‘ng‘iroqni ishga tushirdi. Bunga qadar qo‘ng‘iroqlarni alfa-versiyada sinash imkoni bor edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-05-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют