» » 19 yildan so‘ng “Real” va “Yuventus” Chempionlar ligasi finalida yana to‘qnash keladi

19 yildan so‘ng “Real” va “Yuventus” Chempionlar ligasi finalida yana to‘qnash keladi


3-iyun kuni Uelsning Kardiff shahri Chempionlar ligasining final uchrashuviga mezbonlik qiladi. Shu kuni “Millenium” stadionida Madridning “Real” va Turinning “Yuventus” klublari saf tortadi.

Chempionlar ligasining shunday finali bundan 19 yil muqaddam — 1998-yilda kuzatilgandi. Amsterdam shahrida o‘tgan final “Qirollik klubi”ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgan bo‘lib, uchrashuvdagi yagona gol 67-daqiqada Predrag Miyatovich tomonidan urilgan.

Qiziq tomoni, “Real”ning bugungi kundagi ustozi Zinedin Zidan o‘sha finalda “Yuventus” safida maydonga tushgan. Turinliklarga Marchello Lippi ustozlik qilgan bo‘lsa, “Real”ni Yupp Xaynkes boshqarib borgan.

Ma’lumot uchun, Yevropa qit’asi klublarining eng nufuzli musobaqasida “Real” 11 bor g‘olib chiqqan. Bu eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi. Undan keyingi o‘rinda boradigan “Milan” hisobida kuboklar soni 7 ta. “Yuventus” esa bu musobaqada sakkiz marta finalda to‘p surib, faqatgina ikkitasida g‘olib chiqqan.

Chempionlar ligasi yangi formatga o‘tgan 1992-yildan boshlab hisoblaganda esa “Real”da sovrinlar soni 5 ta: 1998, 2000, 2002, 2014 va 2016. “Yuventus” esa faqatgina 1996-yil bosh mukofotni qo‘lga kiritgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-05-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют