» » WSB arafasida turgan boks federatsiyasi “Islom birdamlik o‘yinlari”ga uchinchi tarkibni jo‘natdi

WSB arafasida turgan boks federatsiyasi “Islom birdamlik o‘yinlari”ga uchinchi tarkibni jo‘natdi


Boku mezbonlik qiladigan “Islom birdamlik o‘yinlari”da to‘qqiz nafar o‘zbekistonlik bokschi ishtirok etadi, deb ma’lumot berdi MOQ matbuot xizmati.

Musobaqalar 10 ta vazn toifasida o‘tadi, biroq +91 kilogramm vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi turnirda ishtirok etmaydi.

O‘zbekiston boks termasini Bokuga murabbiylar O‘tkir Haydarov va Rustam Saidov olib ketgan. Mamlakatning eng oldi bokschilari yaqindagina Osiyo chempionatida ishtirok etgani va 13-may kuni bo‘lib o‘tadigan WSB’ning chorak finaliga tayyorgarlik ko‘rayotgani sabab, Ozarbayjonga uchinchi tarkib yo‘l olgan.

Shunga qaramay, tarkibda WSB musobaqasida ringga chiqqan bokschilar ham borligini ko‘rish mumkin. Abror Qodirov va Abdulhay Shorahmatov bunga misol bo‘la oladi.

49 kg: Mironshoh Ibragimov
52 kg: Abror Qodirov
56 kg: Abdulhay Shorahmatov
60 kg: Ulug‘bek Do‘stmurodov
64 kg: Alyor Noraliyev
69 kg: Bobo Usmon Baturov
75 kg: Mahmud G‘oipov
81 kg: Madiyor Saidrahimov
91 kg: Sardor Begaliyev
+91 kg:

Ma’lumot uchun, “Islom birdamlik o‘yinlari”ning boks musobaqasi 12-may kuni start oladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-05-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют