» » Buxorodagi “Mir Arab” madrasasiga “Oliy madrasa” maqomi beriladi

Buxorodagi “Mir Arab” madrasasiga “Oliy madrasa” maqomi beriladi


Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asos solgan “Hilol-nashr” matbaa-nashriyotida Toshkent shahridagi Islom ota jome’ masjidining imom-noibi Hasanxon Yahyo Abdulmajidning “Xatmi Qur’onga marhabo!” kitobi hamda “Qur’on tartili” saboqlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Muslim.uz” xabar bermoqda.

Marosimda O‘zbekiston musulmonlar idorasining raisi, muftiy Usmonxon Alimov ishtirok etdi va Ramazoni sharif arafasidagi taqdimot bilan nashriyot jamoasi hamda yig‘ilganlarni qutladi. Bugungi kunda diniy sohada yuz berayotgan yangiliklarga to‘xtaldi.

— Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutining “Tahfizul-Qur’on” bo‘limida qorilar yetishib chiqmoqda va masjidlarda tashkil qilinayotgan xatmi Qur’onlarda faol ishtirok etmoqda, — deya ta’kidladi muftiy hazratlari. — Bunday qorilarni yetishtiradigan dargohlarga yana ehtiyojimiz, yaxshi niyatlarimiz, rejalarimiz bor. Jumladan, Prezident rahbarligida Buxordagi “Mir Arab” madrasasini “Oliy madrasa” qilish loyihasi ishlanyapti. Unda ham Ma’haddagi kabi “Tahfizul Qur’on” kafedrasi bo‘lishi rejalashtirilgan.

“Hilol-nashr” matbaa-nashriyoti rahbari Ismoiljon Muhammad Yusuf yig‘ilganlarga yana bir xushxabar yetkazdi. Unga ko‘ra, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining barcha asarlari Madinai Munavvara va Makkai Mukarrama kutubxonalariga qo‘yiladigan bo‘ldi. Bundan buyon dunyoning turli chekkalaridan haj va umra safari niyatida ikki haramga borgan hojilarimiz shayxning kitoblarini o‘z ona tillarida o‘qib, bahramand bo‘lishlari mumkin. Kuni kecha kitoblarning birinchi qismi Saudiya Arabistoniga jo‘natildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-05-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют