» » 8—9-may kunlari Toshkentda haydovchilar 10 nafar piyodani urib yubordi

8—9-may kunlari Toshkentda haydovchilar 10 nafar piyodani urib yubordi


8—9-may kunlari Toshkent shahrida 8 haydovchi 10 nafar piyodani urib yubordi. Bu haqda “Uznews.uz” xabar bermoqda.

Jumladan, Yunusobod tumanida Damas haydovchisi 1969 va 1994-yillarda tug‘ilgan ikki ayolni turtib yubordi. Shu tumanda Cobalt haydovchisi 1987-yilda tavallud topgan ikki piyodani urib ketdi.

Chilonzor tumanidagi Qozirobod ko‘chasida ham Cobalt haydovchisi va ikki keksa piyoda ishtirokida shunday hodisa qayd etildi.

Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek, Olmazor, Chilonzor tumanlarida Matiz, Spark, “Kobalt” mashinalari haydovchilari piyodalarga jabr yetkazgan.

Shayxontahur tumanida yo‘lovchisi bo‘lgan shirakayf haydovchi “Neksiya” mashinasi boshqaruvini yo‘qotib, Mannon Uyg‘ur ko‘chasidagi elektr yoritish ustuniga urildi.

Barcha yo‘l-transport hodisalarida qurbonlar qayd etilmadi. Biroq jabrlanganlar turli darajadagi jarohatlar oldi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-05-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют