» » “Sho‘rtan” Miloslavlevichga qarzini qaytarib, FIFA talabini bajargani aytildi

“Sho‘rtan” Miloslavlevichga qarzini qaytarib, FIFA talabini bajargani aytildi


G‘uzorning “Sho‘rtan” futbol klubi serbiyalik futbolchi Urosh Miloslavlevichdan endilikda qarzdor emas. Bu haqda “Championat.asia” nashri ma’lumot berdi.

Avvalroq FIFA O‘zbekiston futbol federatsiyasi oldiga jiddiy talab qo‘ygani aytilgan bo‘lib, “Sho‘ran” 10 kun ichida qarzini qaytarmasa, 2018-yilgi mavsumni mamlakat Birinchi ligasida o‘tkazishi kerak edi.

Berilgan muddat ichida “Sho‘rtan” qarzini qaytargan. Miloslavlevich G‘uzor klubidan 46 ming AQSh dollari undirib olgan bo‘lib, bu pullar vaqtida qaytarilmagani uchun foiz sifatida yana 13 ming talab qilgani borasida ma’lumot bor edi.

“Sho‘rtan” futbolchiga qancha pul bergani ma’lum qilinmagan. Klub rasmiy sayti qarzdorlik haqida ham, FIFA talabi haqida ham, qarzning qaytarilgani borasida ham ma’lumot bermagan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-05-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют