» » Deputat va senatorlar Paxtakor tumanida 314 xonadonda bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ijrosini o‘rgandi

Deputat va senatorlar Paxtakor tumanida 314 xonadonda bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ijrosini o‘rgandi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolaridan bir guruhi Jizzax viloyati Paxtakor tumanida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yuksaltirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘rganish yakunlari Qonunchilik palatasi deputatlari va senatorlar, mahalliy hokimiyat boshqaruvi organlari, faollar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari ishtirokida o‘tkazilgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida muhokama qilindi.

Deputatlar 10 kun davomida tumandagi 314 xonadonda bo‘lib, 1508 fuqaro bilan bevosita muloqot qildi. Aholi bilan bo‘lgan uchrashuvlar davomida turli soha bo‘yicha 162 masala ko‘tarilib, ularning 48 tasi joyida hal etildi. 78 masala ijrosi bo‘yicha mahalliy idora va tashkilotlarga tegishli ko‘rsatma berildi. Besh masalani respublika idoralari bilan muhokama qilish rejalashtirildi.

Sessiyada aholi e’tiroziga sabab bo‘layotgan ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz ta’minoti, obodonlashtirish, uy-joy va kommunal xizmati ko‘rsatish sohasidagi ahvol keskin tanqid qilindi. Bu sohalarda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, muammolar tahlil etilib, ularni keltirib chiqargan sabablar va bartaraf qilish yo‘llari haqida aniq takliflar bildirildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-05-2017, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют