» » Abdulaziz Komilov Eron Tashqi ishlar vaziriga tabrik maktubi yo‘lladi

Abdulaziz Komilov Eron Tashqi ishlar vaziriga tabrik maktubi yo‘lladi


O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarifni samimiy qutladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tabrik maktubida qayd etilganidek, o‘tgan chorak asr mobaynida ikki mamlakat orasida azaliy tarixiy va madaniy yaqinlik, tenglik va do‘stlikka asoslangan keng miqyosli va izchil rivojlanib borayotgan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

Shuningdek, so‘nggi vaqtda bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama delegatsiyalar almashuvi o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlik istiqbollarini belgilashda muhim qadam bo‘lgani ta’kidlandi.

Maktubda joriy yilda o‘tkazilishi mo‘ljallangan ikkiyoqlama tadbirlar O‘zbekiston va Eron aloqalari rivojiga katta hissa qo‘shishiga ishonch bildirildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-05-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют