» » OAV Apple kompaniyasining iPhone 8’ni ishlab chiqarishdagi muammosi haqida ma’lum qildi

OAV Apple kompaniyasining iPhone 8’ni ishlab chiqarishdagi muammosi haqida ma’lum qildi


Apple kompaniyasi iPhone 8’ni ommaviy ishlab chiqarishni 2017-yilning oktabr oyidan noyabr oyiga ko‘chirishi mumkin. Bu haqda KGI Securities xalqaro tahliliy kompaniya mutaxassisi Min-Chi Kuo ma’lum qildi, deb xabar berdi “RBK”.

Mutaxassisning investorlarga yuborgan xatida sanoat bo‘limi iPhone uchun qismlar yetkazib berishda “yomon ssenariy” alomatlarini ko‘rsatayotgani sabab, iPhone 8’ni ishlab chiqarish jarayoni ikki-uch oyga cho‘zilishi mumkinligini yozgan.

“Boshqacha aytganda buyurtmalarni yetkazib berishdagi jiddiy tanqislik yangi model chiqarila boshlagandan keyin ham biroz vaqt saqlanib qolib, yangi iPhone’larning katta hajmda yetkazilishini cheklashi mumkin”, — deya yozilgan xatda.

Apple 2017-yilda yangi OLED ekranli iPhone va iPhone 7’ning yangilangan versiyasini taqdim etishi taxmin qilinmoqda.

Min-Chi Kuo yangi iPhone’ni ommaviy ishlab chiqarishga nima muammo tug‘dirishi mumkinligi haqida aytmadi. Appleinsider’ning ta’kidlashicha, Apple’ning hamkori — Samsung iPhone 8 ekrani uchun OLED-panellarini ishlab chiqarish vaqtida qiyinchilikka duch kelgan. Svetodiodli panellarni ishlab chiqarish ham ikki-uch oyga kechikishi mumkin.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-05-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют