» » Xitoylik kuryerlar Shanxay bog‘idan qora oqqushni o‘g‘irlab, uni yeb qo‘ydi

Xitoylik kuryerlar Shanxay bog‘idan qora oqqushni o‘g‘irlab, uni yeb qo‘ydi


Shanxaylik ikki kuryer mahalliy bog‘lardan biridan qora oqqushni o‘g‘irlab, uni yeb qo‘ydi. Bu haqda The South China Morning Post xabar bermoqda.

Qushning yo‘qolganligi haqida Syuyszyaxuey bog‘ida sayr qilib yurgan mahalliy fuqaro politsiyaga xabar berdi. Politsiyachilar kuzatuv kameralarini o‘rganganda, ikki erkak kechasi bog‘ga kirib, oqqushni tutib olganligi va qochib ketganini ko‘rdi.

Jinoyatchilar uyga kelganda qush allaqachon o‘lib qolgandi. Shunda ular qushning patini yulib, ichak-chavog‘ini tozalab, qaynatdi va sovutgichning muzxonasiga joylashtirdi. Ertasi kuni uni sabzi bilan dimlab, ragu tayyorlashdi. Jinoyatchilar taomning yarmini tanovul qilib, qolganini tashlab yubordi. Qora oqqushning mazasi ular kutgandek bo‘lib chiqmadi.

Patrul xodimlarining aniqlashicha, jinoyatchilar dastlab baliq ovlashni rejalashtirgan, biroq ularni bog‘ qo‘riqchilari cho‘chitgan. Ularning har ikkalasiga qo‘riqlanayotgan qushni o‘ldirish aybi e’lon qilindi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-05-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют