» » SpaceX o‘ta og‘ir yuk tashishga mo‘ljallangan raketasi markaziy blokining birinchi sinovini amalga oshirdi

SpaceX o‘ta og‘ir yuk tashishga mo‘ljallangan raketasi markaziy blokining birinchi sinovini amalga oshirdi


Amerikaning SpaceX kompaniyasi o‘ta og‘ir yuk tashishga mo‘ljallangan Falcon Heavy raketasining markaziy bloki sinovini amalga oshirdi. Kompaniya sinov videosini Twitter’ga joyladi, deb xabar berdi Ars Technica.

First static fire test of a Falcon Heavy center core completed at our McGregor, TX rocket development facility last week. pic.twitter.com/tHUHc1QiKG

— SpaceX (@SpaceX) May 9, 2017

Sinov may oyining boshida Texas shtatining Makgregor shahridagi kompaniyaga tegishli raketa maydonida amalga oshirildi. Falcon Heavy’ning markaziy blokining birinchi test bosqichi omadli o‘tdi.

Falcon Heavy’ning birinchi konstruktiv bosqichi markaziy blok va o‘rtacha og‘ir yukka mo‘ljallangan Falcon 9 raketaning birinchi bosqichidagi modernizatsiya qilingan bir juft yon tezlashtirgichlaridan tashkil topgan. Tashuvchi past tayanch orbitaga 63,8 tonna yukni olib chiqishga qodir.

Kompaniya raketani birinchi bor uchirishni 2017-yilning oxirlariga mo‘ljallagan. SpaceX kompaniyasi Falcon Heavy’ga tejamkorlik maqsadida birinchi bosqich Falcon 9’da ishlatilgan yon tezlashtirgichlaridan foydalangan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-05-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют