» » BMT Markaziy Afrika Respublikasi rasmiylarini tinchlikparvarlar o‘ldirilishida aybdorlarni topish va jazolashga chaqirdi

BMT Markaziy Afrika Respublikasi rasmiylarini tinchlikparvarlar o‘ldirilishida aybdorlarni topish va jazolashga chaqirdi


BMT Xavfsizlik kengashi va xalqaro tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrish Markaziy Afrika Respublikasida tinchlikparvar kuchlar avtokolonnasiga uyushtirilgan hujumni qoraladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. 

Bayonotlarda mamlakat rasmiylari mazkur hujum tafsilotlarini o‘rganish va aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirilgan. Tinchlikparvarlarga hujum harbiy jinoyat sifatida baholanishi mumkinligi, xalqaro gumanitar huquqqa rioya etish lozimligi eslatilgan. 

BMTning MARdagi missiyasiga ko‘ra, tinlikparvar kuchlar avtokolonnasi 8-may, dushanba kuni Rafai shahridan Bangasuga yo‘l olganda hujumga duch kelgan. Otishma davomida Kambodjadan kelgan 4 nafar tinchlikparvar halok bo‘ldi, 10 kishi jarohatlandi. Bir kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda.

Xalqaro tashkilot bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrikga ko‘ra, qurbonlarning oilasiga 70 ming dollar miqdoridagi tovon puli to‘lanadi. 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-05-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют