» » O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekinga keldi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekinga keldi


Davomi: Video: Davlat tashrifi vaqtida Shavkat Mirziyoyevga ilk bor Ziroatxon Mirziyoyeva hamrohlik qiladi

Davomi: Video: Davlat tashrifi vaqtida Shavkat Mirziyoyevga ilk bor Ziroatxon Mirziyoyeva hamrohlik qiladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Xitoy rahbari Si Szinpin taklifiga binoan 11-may kuni davlat tashrifi bilan Pekinga keldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan “Shoudu” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Prezidentini Xitoy rasmiy shaxslari kutib oldi.

Tashrifning asosiy voqealari 12—13-may kunlariga belgilangan.

O‘zbekiston Prezidenti Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin, Davlat Kengashi bosh vaziri Li Ketsyan, Xalq vakillari Umumxitoy Majlisi Doimiy qo‘mitasi raisi Chjan Detszyan va boshqa rahbarlar bilan uchrashadi.

Muzokaralarda o‘zaro munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash va izchil rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama etiladi. Tomonlar mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadi.

Shavkat Mirziyoyevning tashrifi davomida Xitoyning yetakchi kompaniya va firmalari vakillari bilan ham uchrashuvlar rejalashtirilgan.

Oliy darajadagi muzokaralar yakuni bo‘yicha Qo‘shma bayonot qabul qilinishi, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida turli sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirishga doir hukumatlararo, idoralararo bitimlar va boshqa qator hujjatlar imzolanishi mo‘ljallangan.

Tashrif doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida katta hajmdagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy shartnoma va bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14—15-may kunlari Pekin shahrida o‘tadigan “Bir belbog‘, bir yo‘l” xalqaro forumida ham ishtirok etadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-05-2017, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют