» » “VKontakte”dagi “o‘lim guruhlari” ma’muri Rossiya sudida aybini tan oldi

“VKontakte”dagi “o‘lim guruhlari” ma’muri Rossiya sudida aybini tan oldi


“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi “o‘lim guruhlari” ma’muri, Sankt-Peterburg shahrida hibsga olingan Filipp Budeykin sud oldida o‘smirlarni o‘z joniga qasd qilishga chaqirganini tan oldi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

Sankt-Peterburgning Oktyabrskiy tuman sudi Budeykinni 2017-yil 20-avgustga qadar hibsda saqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Javobgar o‘z aybini tan olgani hamda hibs muddati uzaytirilganiga qarshi bo‘lmagani aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqda “Filipp Tulki” niki ostida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi o‘smirlarni o‘z joniga qasd qilishga chaqirib kelgani bois huquq-tartibot idoralarining diqqatini tortgan edi. U hibsga olindi, ayni paytda unga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoiy ish ko‘rib chiqilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-05-2017, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют