» » Toshkentda 13-may kuni ayollar veloturi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda 13-may kuni ayollar veloturi bo‘lib o‘tadi


13-may kuni Toshkentda “Sog‘lom ayol — sog‘lom avlod” ayollar veloturi bo‘lib o‘tadi. U Butunjahon oila kuni munosabati bilan tashkil etiladi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Turda barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin, hamma o‘z velosipedi bilan kelishi talab etiladi. Ishtirokchilar 7:00–9:00 oralig‘ida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Shuningdek, ishtirok etishni istaganlar o‘zi bilan pasport nusxasini olib kelishi lozim. Har bir qatnashchi ayolga individual raqam taqdim etiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish va start joyi — Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi Bank-moliya akademiyasining orqa tomoni.

Velopoyga soat 10:00 da Abdulla Qodiriy va Hamidulla Oripov ko‘chalari chorrahasida boshlanadi. 5 kilometrlik yo‘l Abdulla Qodiriy ko‘chasidan boshlanib, ortga qaytadi va o‘sha yerda tugaydi.

Musobaqa uch yosh kategoriyasida o‘tkaziladi: 18?30, 31?45 va 45 dan yuqori. Mukofotlash marosimidan so‘ng O‘zbekiston estradasi vakillari, raqs guruhlari va artistlar ishtirokida musiqiy dastur namoyish etiladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-05-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют