» » Yevropa ligasida klassik final: “Manchester Yunayted” — “Ayaks”

Yevropa ligasida klassik final: “Manchester Yunayted” — “Ayaks”


Futbol bo‘yicha Yevropa ligasining finalida “Manchester Yunayted” va “Ayaks” klublari to‘p suradi.

Yarim finalning birinchi o‘yinini Vigoda o‘tkazib, 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytib kelgan “Manchester Yunayted”, “Old Trafford”da 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Hakam ikki futbolchini maydondan chetlatgan bellashuvda “Selta” 85-daqiqaga kelibgina mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Amsterdamning “Ayaks” klubi esa “Lion” dovonidan o‘ta oldi. Tomonlarning Gollandiyada o‘tgan o‘yini mezbonlarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgandi. Lionda esa “Ayaks” 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

24-may kuni bo‘lib o‘tadigan finalda “Ayaks” va “Manchester Yunayted” klublari maydonga tushadi. Bellashuvga Stokgolm shahridagi “Frends Arena” mezbonlik qiladi.

Yevropa ligasi
Yarim final
11-may, payshanba

Gollar: Maruan Fellaini, 17 (1:0). Fakundo Ronkalya, 85 (1:1).
Chetlatishlar: Erik Bertran Bayi, 88 (M). Fakundo Ronkalya, 88 (S).
Dastlabki o‘yin: 1:0

Gollar: Kasper Dolberg, 27 (0:1). Aleksandr Lyakazett, 44-pen (1:1). Aleksandr Lyakazett, 45+1 (2:1). Rashid G‘azzol, 81 (3:1).
Chetlatish: Nik Virgever, 84 (A).
Dastlabki o‘yin: 1:4

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-05-2017, 06:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют