» » Toshkentda to‘rt oy ichida valyutafurushlardan 364 ming dollar olib qo‘yildi

Toshkentda to‘rt oy ichida valyutafurushlardan 364 ming dollar olib qo‘yildi


Joriy yilning to‘rt oyi davomida O’zbekiston Respublikasi prokuraturasi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi va hududiy bo‘limlari tomonidan jami 177 ta valyutaga oid qonunbuzarlik holati aniqlangan. Ushbu holatlardan 31 tasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 146 ta holat yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha tegishli tartibda hujjatlar to‘planib, sudga yuborilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBBda 11-may, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosari Fathulla Abdurahimov ma’lum qildi.

Holatlar yuzasidan jami 364 570 AQSh dollari, 11 746 yevro, 663 400 Rossiya rubli, 227 188 Qozog‘iston tengesi, 1,299 mlrd so‘m va 332 mln so‘mlik boshqa turdagi valyuta mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Jumladan, departamentning Yashnobod tumani bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro A.ning arizasiga asosan Shayxontohur tumanida joylashgan “Fleshka” savdo markazida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Doimiy ravishda valyuta oldi-sotdisi bilan noqonuniy shug‘ullangan Rustam va Nodir ismli shaxslar o‘zaro jinoiy til biriktirib, fuqaro A.ga har bir AQSh dollarini “qora bozor” kursida 7700 so‘mdan baholab, 5200 AQSh dollarini qonunga xilof ravishda 40 mln so‘mga sotayotgan vaqtda departament xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Shuningdek, voqea joyida ulardan jami 16 ming AQSh dollari, 10220 yevro, 1010 Angliya funt sterlingi, 440800 Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan. Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 177-moddasi ikkinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-05-2017, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют