» » Chilonzordagi to‘rtta kafeda 49 nafar fohisha qo‘lga olindi

Chilonzordagi to‘rtta kafeda 49 nafar fohisha qo‘lga olindi


Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilinishicha, Chilonzor tumanida tungi vaqtda o‘tkazilgan tekshiruvlarda bir nechta kafening 23:00 dan keyin ruxsatsiz ishlayotgani aniqlangan. Tekshiruv o‘tkazilgan to‘rtta kafeda tungi vaqtda 49 nafar fohisha borligi ma’lum bo‘lgan.

Jumladan, 2017-yil 5-mayga o‘tar kechasi soat 00:20 da Chilonzor tumani “Don” kafesida o‘tkazilgan tekshiruv davomida kafega soat 23:00 gacha ishlashga ruxsat berilgan bo‘lishiga qaramasdan, tungi vaqtda ishlayotgani aniqlangan. Shu vaqtda kafeda bo‘lgan 13 nafar fuqarodan yetti nafari fohishalar bo‘lgan.

Xuddi shu tunda tumandagi “Parlament” kafesida o‘tkazilgan tekshiruvda kafega 23:00 gacha ishlashga ruxsat berilganligiga qaramasdan, 23:00 dan keyin ham ishlayotgani aniqlangan. Shu vaqtda kafeda bo‘lgan 43 nafar fuqarodan 11 nafari fohisha ekanligi aniqlangan.

2017-yil 3-may soat 23:25 da Chilonzor tumanida joylashgan “Xorazmshoh” kafesida tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv chog‘ida muassasa 23:00 dan keyin ruxsatsiz ishlayotgani aniqlangan. Tekshiruv vaqtida kafeda bo‘lgan 41 nafar fuqarodan 13 nafari fohishalar bo‘lgan. 2017-yil 11-mayga o‘tar kechasi soat 23:50 da kafeda qayta tekshiruv o‘tkazilgan. Shu vaqtda kafeda 26 nafar fuqaro borligi aniqlangan va ulardan olti nafari fohishalar bo‘lgan.

Chilonzor tumanidagi “Emir” kafesida 2017-yilning 11-mayga o‘tar kechasi soat 00:20 da o‘tkazilgan tekshiruv chog‘ida 23:00 dan keyin ruxsatsiz ishlayotgan kafeda 43 nafar fuqaro borligi aniqlangan. Ulardan 12 nafari fohishalar bo‘lgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (12-05-2017, 08:13)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют