» » Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti Forumining XII majlisi o‘z ishini boshladi

Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti Forumining XII majlisi o‘z ishini boshladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan majlisda ShHTga a’zo davlatlar — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, shuningdek, kuzatuvchi maqomiga ega davlatlar — Hindiston, Pokiston, Eron, Afg‘oniston va Belarusning yetakchi tadqiqot markazlari ekspertlari, ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi va Kotibiyati, O‘zbekistondagi akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari ishtirok etmoqda, deb xabar berdi O‘zA.

Forum majlisining dastlabki kunida ShHT tashkil topganining 15-yilligi munosabati bilan 2016-yil iyun oyida Toshkentda o‘tgan Davlat rahbarlari kengashining majlisi yakunlari muhokama etilmoqda. O‘zbekistonning 2015—2016-yillarda tashkilotga raisligi davrida ShHT faoliyatining samaradorligi va xalqaro nufuzini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar bajarilgani ta’kidlandi. O‘tgan yilgi sammitda imzolangan hujjatlar tashkilotning ustuvor yo‘nalishlardagi faoliyatini yanada mustahkamlash, mintaqada tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashga doir amaliy vazifalarni hal etishga xizmat qilmoqda.

Tadbirda Shanxay hamkorlik tashkilotini yanada rivojlantirish, xususan, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, o‘zaro manfaatli investitsiya va savdo-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish masalalari hamda ShHTni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (12-05-2017, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют