» » CNN: Rossiya Tramp va Lavrovning uchrashuvidan olingan suratlarni chop etib, Oq uyni aldadi

CNN: Rossiya Tramp va Lavrovning uchrashuvidan olingan suratlarni chop etib, Oq uyni aldadi


Oq uy Rossiya hukumati “TASS” davlat agentligiga AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Oval kabinetda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi suratlarini chop etishga ruxsat berishini kutmagandi. Bu haqda CNN Oq uydagi oliy amaldorga tayanib xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Rossiya agentligi fotosuratchisi ishtirok etgan uchrashuv suratlari nafaqat “TASS” tomonidan, balki Rossiya TIVning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ham e’lon qilindi.

Shu bilan birga, Oq uydagi manba telekanalga ma’muriyat fotosuratchisi uchrashuvda qatnashgan bo‘lsa-da, ular fotosuratlarni e’lon qilmaganini aytdi.

“Ular bizni aldadi. Ruslar bilan muammo shunda — ular yolg‘on gapiradi”, — dedi Tramp ma’muriyatidagi darg‘azab amaldor.

Rossiya TIVning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylangan suratlarda Tramp Lavrovning qo‘lini qisib, tabassum qilayotgani aks etgan. Ba’zi fotosuratlarda uchrashuvda Rossiyaning AQShdagi elchisi Sergey Kislyak ham qatnashganini ko‘rish mumkin. Unga nisbatan munosabat AQShda mujmal, bunga uning, go‘yoki, Rossiyaning AQShdagi saylovlarga aralashuvidagi roli sababchidir.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-05-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют