» » Boku—2017. O‘zbekistonlik gandbolchi qizlar uch kun ichida Turkiya, Ozarbayjon va Kamerundan yengildi

Boku—2017. O‘zbekistonlik gandbolchi qizlar uch kun ichida Turkiya, Ozarbayjon va Kamerundan yengildi


Ozarbayjon poytaxti Boku mezbonlik qilayotgan “Islom birdamlik o‘yinlari”ning gandbol musobaqasida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ishtirok etdi.

Musobaqa rasmiy sayti 9-may kuni start olgan bellashuvlarni yoritirib bordi. Unga ko‘ra, ayollar o‘rtasidagi gandbol musobaqasida mezbon Ozarbayjon qizlaridan tashqari Turkiya, Kamerun va O‘zbekiston sportchilari ham ishtirok etgan.

O‘zbekiston terma jamoasi turnirni Turkiyadan qabul qilib olingan 21:37 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshlagan bo‘lsa, 2-turda Ozarbayjon darvozasiga ham 21 ta gol urdi va bu safar 47 ta gol o‘tkazib yubordi.

3-o‘rin uchun kechgan bellashuvda kamerunlik gandbolchi qizlar ham O‘zbekistondan ustun keldi — 41:25. Hal qiluvchi o‘yinda esa mezbonlar Turkiyani mag‘lub etdi.

9-may, seshanba. 1-tur
Turkiya — O‘zbekiston 37:21
Kamerun — Ozarbayjon 26:28

10-may, chorshanba. 2-tur
Kamerun — Turkiya 31:33
Ozarbayjon — O‘zbekiston 47:21

11-may, payshanba. 3-tur
O‘zbekiston — Kamerun 25:41
Turkiya — Ozarbayjon 27:22

Hisob bo‘yicha to‘rtinchi “Islom birdamlik o‘yinlari”ning ochilish marosimi bugun — 12-may kuni bo‘lib o‘tadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-05-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют