» » KXDR qo‘lga olingan AQSh fuqarolaridan “ayirboshlash puli” sifatida foydalanmoqchi emas

KXDR qo‘lga olingan AQSh fuqarolaridan “ayirboshlash puli” sifatida foydalanmoqchi emas


Pxenyan “mamlakatda qonunga zid xatti-harakatlari uchun qo‘lga olingan AQSh fuqarolaridan Vashington bilan muzokaralarda ayirboshlash puli sifatida foydalanmaydi”. Bu haqda KXDR tashqi ishlar vazirligi vakilining “Nodon sinmun” gazetasida chop etilgan bayonotida aytiladi, deb yozadi “TASS”.

Diplomat Amerika OAVlarida Pxenyan Amerika fuqarolarini Vashington bilan muzokaralarda ulardan qalqon va ayirboshlash puli sifatida foydalanish maqsadida garovga olgani haqida paydo bo‘lgan xabarlarga javob qildi.

TIV vakili so‘zlariga ko‘ra, KXDRda qo‘lga olingan amerikaliklarga nisbatan “respublikada amal qiluvchi qonunlar asosida, jinoiy faoliyatga aloqadorlik ayblovi bo‘yicha tergov olib borilmoqda”. Pxenyan AQSh fuqarolari qo‘lga olinishini “dushman kuchlarining KXDR rahbariyatini chetlatish maqsadida jinoyat sodir etishga urinishlari” bilan bog‘lamoqda.

Eslatib o‘tamiz, 6-may kuni Pxenyandagi fan va texnologiyalar universiteti xodimi Kim Xak Son qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi. U qo‘poruvchilik faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Kim Xak Son Shimoliy Koreyada tutib turilgan AQShning to‘rtinchi  fuqarosi bo‘ldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-05-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют