» » Mourinyo: “Ayaks” finalgacha 12 kun dam oladi, biz esa bu paytda 3 ta o‘yin o‘tkazishga majburmiz

Mourinyo: “Ayaks” finalgacha 12 kun dam oladi, biz esa bu paytda 3 ta o‘yin o‘tkazishga majburmiz


Yevropa ligasi yarim finalining “Selta”ga qarshi javob o‘yinidan so‘ng “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Muorinyo matbuot anjumanida bildirgan fikrlar “Chempionat”da o‘z aksini topdi.

Biz birinchi o‘yinda haqli g‘alabaga erishgan bo‘lsak-da, javob o‘yini uchun intriga saqlanib qolgandi. Biz bilan tengma-teng kurasha olgan “Selta” futbolchilari olqishga loyiq.

14 bellashuvdan so‘ng biz finalga qadar yetib keldik. Unda g‘alaba qozonsak, o‘zimni baxtli his qilaman. Bu juda ajoyib bo‘lardi.

Joze Mourinyo, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi

24-may kuni bo‘lib o‘tadigan final oldidan Joze Mourinyo fikr bildirdi. Uning aytishicha, raqib tomonda tiklanib olish uchun imkoniyatlari yetarli. Shu tomondan olib qaraganda, “mankunianlar”ga oson bo‘lmaydi.

“Ayaks”dek yosh va kuchli jamoa bilan o‘yin oson bo‘lmaydi. Mavsum yakunida finalga tayyorgarlik uchun “Ayaks”da 12 kun vaqt bo‘ladi. Biz esa bu kunlar ichida yana 3 ta bellashuv o‘tkazishimiz kerak bo‘ladi.

Joze Mourinyo, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi

 

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-05-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют