» » Microsoft yangilangan interfeysli Windows 10 va yangi Story Remix videoredaktorini taqdim etdi

Microsoft yangilangan interfeysli Windows 10 va yangi Story Remix videoredaktorini taqdim etdi


11-may kuni Build konferensiyasida Microsoft kompaniyasi videoni tahrirlash uchun “aqlli” vositani va Windows’ning yangilangan dizaynini taqdim etdi, shuningdek, tizimning kuzgi yangilanmasi haqida e’lon qildi, deb yozadi TJournal.

Story Remix, masalan, qandaydir tadbirdan olingan kichik videolar asosida “hikoyalar” yaratish imkonini beradi. Dastur videodagi odamlarni avtomatik tarzda tanib olishi mumkin, uning grafik va audioeffektlarning tayyor shablonlaridan iborat o‘z kutubxonasi bor.

Shuningdek, Story Remix foydalanuvchilari o‘z videolariga 3D-obyektlarni qo‘yib, ularni roliklar ichidagi obyektlarga “biriktirishi” mumkin. Dastur oddiy texnologiyalarni qo‘llaydi, loyihani mobil telefonda boshlab, kompyuterda yakunlash mumkin.

Bundan tashqari, Microsoft o‘z operatsion tizimining redizaynini e’lon qildi. Yangilangan konsepsiyani Fluent Design System deb atashdi. Standart dasturlar asta-sekinlik bilan yangi dizaynga o‘tadi.

Shuningdek, tizimda Timeline va PickUp funksiyalari paydo bo‘ladi, ular turli qurilmalardagi bitta dasturda uzluksiz ishlab, tezgina unisidan bunisiga o‘tish imkonini beradi.

Kompaniya OneDrive fayl ayirboshlovchining On-Demand degan yangi funksiyasi haqida e’lon qildi. U “bulut”dan butun papkani yuklab olish o‘rniga, muayyan fayllarni darhol olish imkonini beradi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (12-05-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют