» » Devid Bekxemni “Qirol Arturning qilichi” filmidagi epizodik roli uchun tanqid qilishdi

Devid Bekxemni “Qirol Arturning qilichi” filmidagi epizodik roli uchun tanqid qilishdi


Devid Bekxem rejissor Gay Richining “Qirol Arturning qilichi” filmida epizodik rol o‘ynadi, deb yozadi TJournal. Sobiq futbolchi kadrda bir-ikki daqiqa ko‘rinish berdi, ammo bir-ikki og‘iz so‘z aytishga ulgurdi.

Bekxemning roli juda kichik ekanligiga qaramay, uni teleboshlovchi Pirs Morgan mazax qildi. U bunday “yaxshi roli” uchun yosh aktyor “Oskar”ga loyiq ekanligini aytdi.

Sportchini tanqidchilar ham tanqid ostida qoldirdi: ularning aytishicha, grim tufayli uning yuzi “tosh kabi” bo‘lib qolgan, uning filmda paydo bo‘lishi esa Britaniya afsonalariga ko‘ra “ishonchsiz”.

Premyeradan so‘ng film rejissori Gay Richi uning yonini oldi va uni “ajoyib aktyor” deb atadi. Sportchining tasvirga olish maydonchasidagi hamkasbi, bosh rol ijrochisi Charli Xannem u “hayratlanarli tarzda rol bajargani”ni aytdi.

Bekxemning o‘zi esa epizodik rolini izohlar ekan, hozircha aktyor bo‘lish niyati yo‘qligini ta’kidladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (12-05-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют