» » Rossiyaning mehnat muhojirlariga huquqiy ko‘mak ko‘rsatish uyushmasi 3000 ga yaqin quruvchilarni Rossiyada ish bilan ta’minlashga tayyor

Rossiyaning mehnat muhojirlariga huquqiy ko‘mak ko‘rsatish uyushmasi 3000 ga yaqin quruvchilarni Rossiyada ish bilan ta’minlashga tayyor


11-may kuni O‘zbekiston Mehnat vazirligida Rossiyaning mehnat muhojirlariga huquqiy ko‘mak ko‘rsatish uyushmasi vitse-prezidenti Yuliya Slutskaya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv mehnat muhojirlari huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ishonchli mexanizmlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etildi.

Yuliya Slutskaya uchrashuv ishtirokchilarini uyushma faoliyati va uning tartibli tarzda ishchilarni qabul qilish bo‘yicha imkoniyatlari bilan tanishtirdi. Uyushma eng qisqa muddatlarda Rossiyada talabgir bo‘lgan kasblar bo‘yicha 3000 ga yaqin qurilish mutaxassislari — g‘ish teruvchi, betonchi, payvandlovchi, bo‘yoqchi, plita yotqizuvchi, chilangar, elektriklarni, shuningdek, avtobus, tramvay/trolleybus, taksi, yuk transporti haydovchilarini ish bilan ta’minlashga tayyor.

Ta’kidlanishicha, Rossiyaning mehnat muhojirlariga huquqiy ko‘mak ko‘rsatish uyushmasida mehnat muhojirlariga huquqiy va axborot ko‘magi berish bo‘yicha mutaxassilar, shuningdek, ularning mehnat huquqlarini himoya qilish uchun yuqori malakali huquqshunoslar ishlaydi.

Slutskaya Farg‘ona shahrida markaz ochish va muhojirlarga patent olish uchun hujjatlar paketini tayyorlashda yordam berish rejalarini ma’lum qildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-05-2017, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют