» » O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi “Kazan-Mangal 2017” Yevrosiyo pazandalik festivalida qatnashdi

O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi “Kazan-Mangal 2017” Yevrosiyo pazandalik festivalida qatnashdi


4—5-may kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida “Kazan-Mangal 2017” Yevrosiyo pazandalik festivali bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Kultura.uz”.

Unda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Ozarbayjondan malakali va yosh oshpazlar ishtirok etdi. Festival qatnashchilari taomlarni faqat qozon yoki manqalda tayyorlab, o‘z mahoratini namoyish qilishi kerak bo‘ldi.

O‘zbekiston jamoasidan O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi a’zosi Butembayeva Akmaral professionallar o‘rtasidagi tanlovlarda qatnashib, “Qizil go‘shtdan original taom”, “Zamonaviy ko‘rinishda tortilgan milliy taom” yo‘nalishlari bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi.

Yosh oshpaz Oripov Kozimjon esa yoshlar va professionallar o‘rtasida “Qizil go‘shtdan original taom” yo‘nalishida uchinchi, “Kabobdan original taom” yo‘nalishida ikkinchi o‘ringa loyiq deb topildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-05-2017, 12:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют