» » AQSh Xitoyga mol go‘shti yetkazib berishni boshlaydi

AQSh Xitoyga mol go‘shti yetkazib berishni boshlaydi


Vashington va Pekin AQSh mol go‘shtining Xitoy tomonidan import qilinishi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda AQSh savdo vaziri Uilbur Ross ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Amerika—Xitoy munosabatlari yaqin orada yangi darajaga chiqadi. Xitoy AQSh mol go‘shti xalqaro oziq-ovqat xavfsizligi me’yorlari va qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik bo‘yicha kelishuvga muvofiq import qilinishiga ruxsat beradi. Ilk bor aniq qaror va aniq sanaga egamiz. Amerika mol go‘shti uchun juda katta bozor ochilmoqda”, — deya ta’kidladi Ross.

Vazirga ko‘ra, mol go‘shti yetkazilishi tez orada, “uzog‘i bilan 2017-yil 16- iyulidan” boshlanishi lozim. Shuningdek, tomonlar Qo‘shma Shtatlarga Xitoyda tayyorlangan parranda go‘shtini yetkazish bo‘yicha tushunmovchilarni “imkon boricha tezroq” hal etish niyatida.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (12-05-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 67) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют