» » Farg‘ona politexnika instituti olimlari svetoforlarni uzluksiz ishlab turishini ta’minlash usulini taklif qildi

Farg‘ona politexnika instituti olimlari svetoforlarni uzluksiz ishlab turishini ta’minlash usulini taklif qildi


Farg‘ona politexnika instituti olimlari tomonidan yaratilgan elektron qurilma amaliyotga joriy etildi. U svetoforlar tizimini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlab turadi, deb yozadi Uzbekistan Today.

Yer transporti tizimi va ulardan foydalanish kafedrasi rahbari Mahmudjon Turdiyev va katta ilmiy xodimlar Umidjon Rustamov, Abror Tojiboyevlar tomonidan taklif qilingan qurilma dastlab Farg‘ona shahrining Vatanparvar ko‘chasidagi chorrahaga o‘rnatildi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda sinovdan o‘tkazildi. Hech qanday kamchilik aniqlanmagandan so‘ng qurilmalarni Ahmad Farg‘oniy, Aeroport, Mustaqillik va Bahor ko‘chalaridagi chorrahalar svetoforlariga ham o‘rnatish belgilandi.

“Qurilma elektron akkumulyator va elektron korobkadan iborat. Elektr toki past kuchlanganda yoki u uzib qo‘yilganda qurilma unda to‘plangan elektr energiya yordamida ta’minlaydi”, — deydi M.Turdiyev.

“Mazkur qurilma yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Yil yakuniga qadar 214 ta chorrahadagi svetoforlarni ushbu qurilmalar bilan ta’minlash rejalashtirilgan” — deydi viloyat IIB bo‘lim boshlig‘i Dilmurod Mamaziyoyev.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-05-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют