» » Volkswagen amerikalik haydovchilarga “dizel mojarosi” doirasida tovon to‘lash uchun 1,2 mlrd dollar sarflaydi

Volkswagen amerikalik haydovchilarga “dizel mojarosi” doirasida tovon to‘lash uchun 1,2 mlrd dollar sarflaydi


Volkswagen AQShda “dizel mojarosi” doirasida avtomobillari dasturiy ta’minotidagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun 1,2 milliard dollar tovon to‘laydi. AQSh federal sudi bu haqdagi tegishli qarorni tasdiqladi, deya xabar beradi “RBK”.

Avtokonsern dasturiy ta’minotdagi nosozliklarni bartaraf etadi yoki avtomobil egalariga tovon to‘laydi. Mazkur qaror hajmi 3 litr bo‘lgan dizel dvigatelli 88 mingdan ortiq avtomobilga tegishli.

2009—2012-yillarda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun tovon miqdori 7,8 mingdan 13,9 ming dollargachani tashkil etadi. 2012-yildan keyingi mashinalar uchun tovon summasi 16,1 ming dollargacha oshirilgan.

Umuman olganda, Volkswagen AQSh ekologik me’yorlarini buzganligi tufayli kelib chiqqan mojaroni bartaraf etishi uchun jami 25 milliard dollar to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (12-05-2017, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют