» » Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning bojxona organlari tomonidan himoya qilinishiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning bojxona organlari tomonidan himoya qilinishiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi


Davlat bojxona qo‘mitasida intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni bojxona organlari tomonidan himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan kengaytirilgan tartibdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Markaziy bojxona laboratoriyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquq egalari va ularning ishonchli vakillari, tadbirkorlar, bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda asosiy e’tibor intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilishda bojxona qonunchiligidagi mavjud normalar, xususan O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida belgilangan tartiblar va ularni qo‘llashga doir muhim tavsiyalarga qaratildi.

O‘zbekiston 1991-yilda Jahon intellektual mulk tashkiloti a’zoligiga qabul qilingan bo‘lsa, 2005-yil 19-apreldan Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Bern konvensiyasi qoidalari O‘zbekistonda amal qila boshladi. Mamlakatning mazkur konvensiyaga qo‘shilishi mualliflar va ularga tenglashtirilgan boshqa huquq egalariga katta imkoniyatlar yaratdi.

Ayni paytda o‘zbekistonlik mualliflar asarlaridan konvensiyaga a’zo 170 dan ortiq davlat hududida tegishli huquqlarga rioya etilgan holda foydalanilmoqda.

Bir yil muqaddam amaliyotga tadbiq qilingan Bojxona kodeksida bojxona qonunchiligidagi muhim yangilik – intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilishga doir yangi normalar alohida bob sifatida kiritilgan.

Ayni paytda Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan “Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestri” elektron shaklda yuritilmoqda va ushbu reyestr Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-saytining Ochiq ma’lumotlar bo‘limiga muntazam joylashtirib kelinmoqda.

Huquq egalarining arizasiga asosan “Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestri”ga hozirda 86 ta tovar belgisi kiritilgan.

Tadbirda mavzu yuzasidan ko‘rgazmali tarzda batafsil ma’ruzalar tinglandi va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga atroflicha javoblar oldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-05-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют