» » Suratkashdan qo‘l so‘rash jarayonini hech kimga bildirmay rasmga olishni so‘rashdi. U esa 6 soat boshqa bir juftlikni suratga oldi

Suratkashdan qo‘l so‘rash jarayonini hech kimga bildirmay rasmga olishni so‘rashdi. U esa 6 soat boshqa bir juftlikni suratga oldi


May oyining boshlarida amerikalik yigit Jeykob Piters ismli suratkashning xizmatidan foydalanish uchun unga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Meduza.

Yigit Pitersga Milliy Ozark qo‘riqxonasida bir qizning qo‘lini so‘rashni rejalashtirayotganini va buni suratga olish kerakligini aytdi. Piters va yigit fotosessiya ertalab soat 6:00 da boshlanishiga kelishib oldi.

Piters qo‘riqxonaga soat 4:45 da yetib keldi. U 13 kilogrammlik jihoz bilan qariyb bir soat mobaynida tog‘da aylanib yurdi.

Kelishilgan joyga yetib kelganida u yerda bir yosh juftlikni ko‘rdi va ularni rasmga ola boshladi. Bir necha daqiqadan so‘ng yigit uzuk olib, qizning qo‘lini so‘radi. Qiz yig‘lab yuborib, uni quchoqlab oldi. “U rozi bo‘lgani ko‘rinib turardi”, — dedi suratkash.

Piters yana bir necha soat juftlikni rasmga olib, uyiga qaytdi. Mijozga uni tabriklab, hammasi ko‘ngildagidek o‘tgani, rasmlar yaxshi chiqqanini yozib yubordi va uxlashga yotdi.

Piters uyg‘onganida mijoz yozgan javobni ko‘rdi: “Tushunmayapman, biz biroz kech qoldik va Sizni ko‘rmadik. Bizni suratga olganingizga ishonchingiz komilmi? Men katakli ko‘k ko‘ylakda edim”.

Shundan so‘ng rassom xato qilganini tushundi. Pitersning so‘zlariga ko‘ra, u qo‘riqxonagacha bo‘lgan yo‘l va suratga olish jarayoniga jami 6,5 soat sarflagan. 450 ta rasm olgan — biroq bularning barchasi boshqa juftlikniki.

Piters suratga olgan juftlikni qidirib topib, ularga rasmlarni jo‘natishga qaror qildi va ushbu voqeani Facebook’da e’lon qildi. Ko‘p o‘tmay, juftlik topildi.

Piters mijozlariga bepul fotosessiya tashkillashtirishga va’da berdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-05-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют