» » United Airlines aviakompaniyasi samolyoti bortida yana chayon aniqlandi

United Airlines aviakompaniyasi samolyoti bortida yana chayon aniqlandi


Xyustondan Ekvadorga yo‘l olgan Amerikaning United Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot salonidan chayon topilgani sabab parvoz ushlanib qoldi. So‘nggi oy ichida bu kabi hodisa ikkinchi marotaba ro‘y bermoqda, deb xabar berdi Fox News.

Reysdagi chayon Jorj Bush xalqaro aeroportida aniqlangan. Yo‘lovchilardan biri hamrohining kiyimi ichidan o‘rgimchaksimon chiqib kelayotganini ko‘rib qolgan. Erkak chayon haqida bort kuzatuvchilariga xabar bergan, ular o‘z navbatida tibbiyot xodimlarini chaqirgan. Shifokorlar yo‘lovchini tekshirib, uni chayon chaqmaganligini aniqlagan.

Shundan so‘ng aviakompaniya xavfsizlik yuzasidan o‘z mijozlaridan samolyotni tark etishni iltimos qilgan va ularga zaxira samolyotini taqdim etgan.

Aprel oyining o‘rtalarida Xyustondan Kalgariga parvoz qilgan ushbu aviakompaniya samolyoti bortida yo‘lovchilardan birini chayon chaqib olgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-05-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют