» » Toshkentdagi pasport stollarida may oyining oxirigacha elektron navbat yo‘lga qo‘yiladi

Toshkentdagi pasport stollarida may oyining oxirigacha elektron navbat yo‘lga qo‘yiladi


Toshkent shahar IIBB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tarkibiy bo‘limlarida may oyining oxirigacha elektron navbat yo‘lga qo‘yiladi. Elektron navbat tizimi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ishga tushiriladi. Bu haqda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi rahbari Sherzod Habibullayevga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Xabar berilishicha, hozirgi vaqtda xizmat sinovdan o‘tkazilmoqda. Tizim to‘liq tayyor, faqat yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklarni aniqlash maqsadida sinov muddati yakunlanishi kerak.

Markaz rahbarining ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtda xizmat uchun to‘lovlarni internet orqali amalga oshirish va fuqarolarning belgilangan vaqtda aniq bir xonaga kelishi uchun elektron to‘lovlarni kiritish ustida ish bormoqda.

Toshkentda ma’qullanganidan so‘ng pasportni va fuqarolikni rasmiylashtirish va xorijga chiqish-kirish bilan bog‘liq xizmatlar uchun elektron navbatga yozilish O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida ham joriy etiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-05-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют