» » O‘zbek olimi Xitoy fanlar akademiyasi mukofotiga sazovor bo‘ldi

O‘zbek olimi Xitoy fanlar akademiyasi mukofotiga sazovor bo‘ldi


O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Shavkat Solihov Xitoy Fanlar akademiyasining “Xalqaro ilmiy hamkorlik uchun” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasida ana shu mukofotni topshirish marosimi bo‘ldi. Tadbirda diplomatik korpus vakillari, Xitoy Fanlar akademiyasi delegatsiyasi, olimlar hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Ibrohim Abdurahmonov, Xitoy Fanlar akademiyasi Shinjon fizika va kimyo-texnika instituti direktori Li Shao va boshqalar mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik tobora kengayib borayotgani, ayniqsa, ilm-fan sohasida almashilayotgan o‘zaro tajriba ulkan samaralar berayotganini ta’kidladi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktori Shavkat Solihovning ushbu mukofot bilan taqdirlanishi ham Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston ilm-fan fidoyilariga bo‘lgan cheksiz hurmati namunasidir.

Akademik Shavkat Solihov O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, oqsil kimyosi, toksinlar kimyosi va biotexnologiya sohasida taniqli olim. Uning ilmiy faoliyati tabiatdan olingan biologik aktiv toksinlar, fermentlar va boshqa moddalarning tuzilishi va funksiyalarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, fanda birinchi marta O‘rta Osiyo hayvonlari zaharlaridan toksik xossalarga ega bo‘lgan 50 dan ortiq fiziologik faol oqsil va peptidlar ajratib olingan. Shulardan 15 moddaning kimyoviy strukturasi aniqlangan. Olim rahbarligida 70 dan ortiq o‘simlikdan 150 dan ortiq fan uchun noma’lum bo‘lgan polifenol tabiatli biologik faol moddalarning kimyoviy tarkibi aniqlanib, ular asosida hozir mamlakat tibbiyot amaliyotida keng qo‘llanilayotgan viruslarga, shamollashga qarshi hamda qon to‘xtatuvchi dori-darmon preparatlari yaratilgan. Paxta chigitidan gossipol moddasini ajratib olish va uni katta miqyosda ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishda ham olimning xizmatlari katta.

“Xitoy Fanlar akademiyasi bilan samarali hamkorlik va iqtidorli ilmiy xodimlarni tayyorlash yo‘lida qilgan xizmatlarimni hamkorlarimiz yuksak baholaganidan behad mamnunman, — deydi Sh. Solihov. — Hali qilinajak ishlarimiz ko‘p. Yirik tadqiqot loyihalarini tashkil etish va amalga oshirishni maqsad qilganmiz”.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (12-05-2017, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют