» » 11-may kuni Toshkentda yo‘l-patrul xizmati 4 mingta qoidabuzarlikni qayd etdi

11-may kuni Toshkentda yo‘l-patrul xizmati 4 mingta qoidabuzarlikni qayd etdi


11-may kuni Toshkent shahrida ikkita YTH qayd etildi. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy sayti ma’lumot berdi.

“2017-yilning 11-may kuni Toshkent shahri hududida ikkita yo‘l-transport hodisalari qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida ikki nafar shaxs tan jarohati olgan”, — deyiladi xabarnomada..

Bundan tashqari, 11-may kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 4 mingta qoidabuzarliklar bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan 1295 tasi qo‘pol turdagi qoidabuzarliklar, 31 tasi mast holda transport vositasini boshqarish huquqbuzarliklarini tashkil etdi.

Toshkent shahar IIBB YHHBning Yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashning kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 11-may kuni jami 1236 ta qoidabuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 698 tasi svetoforning taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmasdan harakatlangan, 538 tasi belgilangan tezlikni me’yoridan yuqori tezlikda harakatlanish qoidabuzarliklarini tashkil etdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-05-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют