» » O‘zbekiston fuqarosi deportatsiyadan qochib “Domodedovo” aeroportiga “bomba qo‘yilgani” haqida xabar tarqatdi

O‘zbekiston fuqarosi deportatsiyadan qochib “Domodedovo” aeroportiga “bomba qo‘yilgani” haqida xabar tarqatdi


Mast ahvoldagi O‘zbekiston fuqarosi Rossiyadan deportatsiya qilinishdan qochib, politsiyaga “Domodedovo” aeroportiga bomba qo‘ygani haqida yolg‘on xabar tarqatdi. Bu haqda, favqulodda xizmatlar manbasiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

“O‘zbekiston fuqarosini Rossiyadan chiqarib yuborish to‘g‘risida sud qaror qabul qildi va u sud ijrochilari hamrohligida ‘Domodedovo’ aeroportining pasport nazoratiga qadar yetib keldi, biroq Toshkent yo‘nalishidagi reysga o‘tirishdan oldin ko‘p miqdorda aroq va boshqa spirtli ichimliklar ichib olib vataniga uchishdan bosh tortdi”, — deb xabar berdi manba.

Reysga odamlarni chiqarish usiz yakunlangach, erkak aeroport hududini tark etmoqchi bo‘ldi, biroq chegarachilar bunga yo‘l qo‘ymadi.

“Biroz vaqtdan so‘ng u Rossiyada qolishga yana bir bor urinib ko‘rdi va juma kuni soat 03:30 va 04:30 oralig‘ida mobil telefonidan politsiyaga anonim qo‘ng‘iroq qilib, aeroportga bomba qo‘yilganini xabar berdi. Shu bilan birga u yonidan o‘tib ketayotgan politsiya patrulida shubha tug‘dirdi va ular erkakni qo‘lga oldi”, — deya ma’lum qildi manba.

Bomba haqidagi xabar yolg‘on bo‘lganiga qaramay, aeroportda xavfsizlik choralari kuchaytirildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-05-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют