» » Butun dunyo bo‘ylab tovlamachi-virus tarqalmoqda. O‘zbekistondagi kompyuterlar ham hujumga uchragan

Butun dunyo bo‘ylab tovlamachi-virus tarqalmoqda. O‘zbekistondagi kompyuterlar ham hujumga uchragan


12-may kuni butun dunyo bo‘ylab tovlamachi-virus tarqaldi – u kompyuterni bloklab qo‘yib, blokni yechish uchun foydalanuvchidan to‘lov talab qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, jahon bo‘ylab bir necha o‘n ming kompyuter zararlangan, ular orasida O‘zbekiston hududida bo‘lgan qurilmalar ham bor.

WannaCrypt (uni yana WCry deb ham atashadi) virusining tarqalishi 12-may kuni kunduzi boshlandi. Birinchilardan bo‘lib Ispaniya hujumga uchradi; u yerda mamlakatning eng yirik telekommunikatsiya shirkatlaridan biri Telefonica, Gas Natural gaz kompaniyasi, elektr ta’minoti sohasida faoliyat olib boruvchi Iberdrola korxonasi, Santander banki va KPMG konsalting kompaniyasi filiali virus qurbonlariga aylandi. Buyuk Britaniyada esa xakerlar sog‘liqni saqlash tizimi kompyuterlariga hujum qildi. Jahon bo‘ylab bir necha o‘n ming kompyuter zararlandi.

Virus kompyuterdagi barcha fayllarni shifrlab qo‘yadi va tovon puli talab qiladi. Skrinshotlardan anglash mumkinki, har bir mamlakatda ekranga shu mamlakat tilida axborot chiqarilmoqda: Buyuk Britaniyada – ingliz tilida, Ispaniyada – ispancha, Rossiyada – ruscha. Talab qilinayotgan tovon puli miqdori hammayoqda bir xil – 300 dollar, faqat bu pul bitkoinlarda to‘lanishi lozim. To‘lov uch kun ichida amalga oshirilishi kerak, aks holda tovon miqdori ikki barobar oshadi. Meduza’ning yozishicha, huquqbuzarlar bitkoinlarni o‘tkazishni talab etgan elektron karmonlarga Toshkent vaqti bilan 13-may 00:01 holatiga ko‘ra 300 dollardan 32 ta to‘lov amalga oshirilgan.

WannaCrypt virusining dastlabki versiyasi haqida 2017-yil fevralidayoq ma’lum bo‘lgan edi. Virus faqat Windows operatsion tizimida ishlaydi. Motherboard’ning yozishicha, virus foydalanadigan nosozlik AQSh Milliy xavfsizlik agentligi (MXA) tomonidan foydalanilgan nosozlikka o‘xshash. So‘nggi vaqtlarda xakerlar shunday nosozliklardan foydalanish imkonini beruvchi MXAning bir necha tayyor vositalarini e’lon qilgan edi – aftidan, boshqa xakerlar tovlamachi-virusni tayyorlashda o‘sha ma’lumotlarga murojaat etgan.

Microsoft virus uchun qo‘l kelayotgan Windows’dagi nosozlikni mart oyida bartaraf etgan edi. Microsoft kompaniyasi Windows’ning foydalanuvchilaridan operatsion tizimni yangilab olishni so‘ragan edi. Ko‘rinishidan, xakerlik hujumiga uchraganlarning bari tizimni yangilashga ulgurmaganlardan.

Kompyuterlar qanday zararlanayotganini mana bu xarita orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin. Unda butun Yevropa, Xitoy, Lotin Amerikasi, xususan, O‘zbekistondagi foydalanuvchilar hujumga uchraganini ko‘rish mumkin. Butun dunyo bo‘ylab bir necha o‘n ming kompyuter zararlangan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-05-2017, 01:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют