» » Antonio Konte bilan “Chelsi” o‘z tarixidagi oltinchi chempionlikka erishdi

Antonio Konte bilan “Chelsi” o‘z tarixidagi oltinchi chempionlikka erishdi


Londonning “Chelsi” klubi chempionat yakuniga ikki tur qolganida mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

“Vest Bromvich” maydoniga safar etgan “aristokratlar”ning chempionlik goliga Mishi Batshuayi mualliflik qildi.

Oldindagi o‘yinlar davomida “Tottenhem” raqibini quvib yetish imkoniyatiga ega emas. Pochettino jamoasi kumush medallarni rasmiylashtirishi uchun yana bitta g‘alabani qo‘lga kiritsa kifoya.

Shu tariqa “Chelsi”ning chempionlik mavsumlari oltitaga yetdi. Shularning 5 tasi Roman Abramovich “aristokratlar”ga egalik qilgan davrga to‘g‘ri keladi.

“Chelsi” o‘tgan mavsumni 10-o‘rinda yakunlagandi. Jamoani qabul qilib olgan Antonio Konte uchun London klubini shohsupaga qaytarish uchun faqatgina bitta mavsum kifoya qildi. “Chelsi” kelasi mavsum Yevropa Chempionlar ligasida Angliya yetakchisi sifatida ishtirok etadi.

Angliya Premyer-ligasi
37-tur o‘yinlari
12-may, juma

Gol: Ross Barkli, 56 (1:0).

Gol: Mishi Batshuayi, 83 (0:1).

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-05-2017, 06:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют