» » Toshkentga Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik xizmati departamenti direktori tashrif buyurdi

Toshkentga Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik xizmati departamenti direktori tashrif buyurdi


2017-yilning 11-may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston—Qozog‘iston vazirliklararo maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Maslahatlashuvlarda qatnashish uchun Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik xizmati departamenti direktori Ardak Madiyev boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga tashrif buyurdi.

Konstruktiv ruhda o‘tgan maslahatlashuvlar chog‘ida konsullik sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati atroflicha muhokama qilindi, tomonlar fuqarolarining huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordamning amaliy jihatlari, O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi kelishuvlar hamda xalqaro konvensiyalarning bajarilishini ko‘rib chiqdi.

Uchrashuvda delegatsiyalar migratsiya masalalari bo‘yicha ikki davlat qonunchiligida kuchga kirgan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ham o‘zaro almashdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-05-2017, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 67) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют