» » Samarqand viloyatining tuman va shaharlaridagi sayyor qabullarda 250 dan ziyod murojaat ko‘rib chiqildi

Samarqand viloyatining tuman va shaharlaridagi sayyor qabullarda 250 dan ziyod murojaat ko‘rib chiqildi


Samarqand viloyati tuman va shaharlarida O‘zbekiston Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati mas’ul xodimlari ishtirokida sayyor qabullar o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Sayyor qabullarda yuridik va jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Prezidentining virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga murojaatlari ko‘rib chiqildi, ularning natijalari tahlil etildi. Turli vazirlik va davlat qo‘mitalari, huquq tartibot organlari, mahalliy hokimliklar mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan qabullar chog‘ida har bir murojaat yuzasidan mutasaddilar javoblari eshitilib, muammolarga shu yerning o‘zida yechim topildi.

Kattaqo‘rg‘on shahridagi sayyor qabulda Paxtachi, Narpay, Kattaqo‘rg‘on tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahri aholisi tomonidan yo‘llangan 150 ga yaqin murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, aksariyati ijobiy hal etildi.

Samarqand shahridagi sayyor qabulda Samarqand, Jomboy va Bulung‘ur tumanlari aholisi tomonidan yo‘llangan 100 dan ortiq murojaat natijalari mas’ul idoralar vakillari ishtirokida tahlil etildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-05-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют